Tug'ilgan sana: | 21-11-1930 |
Tug'ilgan joyi: | Мангитский район Хорезмской области |
Ta'lim: | Хорезмский государственный педагогический институт |
Yo'nalish: | Fizika |
Mutaxasisligi: | Yarimo'tkazgichlar va dielektriklar fizikasi |
Muxtor Safarbayevich Saidov 1930 yil 21 noyabrda Xorazm viloyati Mang‘it tumanida (hozirda Qoraqalpog‘iston, Mang‘it sh.) dehqon oilasida tug‘ilgan.
1944-1945 yy. - Mang‘it tumani xalq sudi kotibi.
1945-1946 yy. - Mang‘it tumani “Mehnatkash” atelesida etikdo‘z shogirdi.
1947 y. - Mang‘it tumanidagi №1 sonli o‘rta maktabni bitirgan.
1947 yil sentyabr-noyabr - O‘rta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakulteti talabasi.
1947 yil dekabrdan - 1951 yilgacha - Xorazm davlat pedagogika institutining (XDPI) fizika-matematika fakulteti talabasi.
1949-1950 yy. - XDPI sirtqi qism kotibi.
1951-1954 yy. - Moskva davlat universitetining fizika fakulteti aspiranti.
1954y. - “Mayda aralashmalarning suyuq va qattiq qalay tarkibiga ta’siri” mavzusi bo‘yicha matematika fanlari nomzodligi dissertatsiyasini yoqladi.
1954-1957 yy. - XDPIda katta o‘qituvchi va fizika kafedrasi mudiri.
1957-1959 yy. - Samarqand davlat universitetining optika kafedrasi mudiri.
1959 y iyul’dan - dekabrgacha - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti(FTI) katta ilmiy xodim.
1960 yildan hozirga qadar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi FTIning “Yarimo‘tkazgichli kristallarning rivojlanish” laboratoriyasi mudiri.
1960 y. - Chexoslovakiya, Praga shahridagi “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” xalqaro konferentsiyasi vakili.
1964-1967 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi FTI da direktor o‘rinbosari.
1965-1969 yy. Toshkent davlat politexnika institutining “Yarimo‘tkazgichli qurilmalar” kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri.
1966 y. - Moskva shahridagi “VII xalqaro kongress va kristallarning rivojlanishi” simpoziumi ishtirokchisi.
1970 y. - “Ba’zi yarimo‘tkazgichli va metall tizimli aralashmalarni taqsimlanishi va o‘zaro ta’sirini tadqiqot qilish” mavzusi bo‘yicha fizika-matematika fanlari doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
1977-1979 yy - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi a’zosi va fizika-matematika fanlar bo‘limining vaqtinchalik akademik-kotib vazifasini bajaruvchisi.
1978-1985 yy - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi U.A.Arifov nomidagi elektronika instituti direktori.
1978-1980 yy - ilmiy-tadqiqot markazlari bilan tanishish va aloqa o‘rnatish maqsadida Hindistonga xizmat safari.
1979 y. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi etib saylangan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi U.A.Arifov xotirasiga bag‘ishlangan, “Qattiq sirt bilan atom zarrachalarining o‘zaro ta’siri” mavzusi bo‘yicha simpoziumining tashkiliy qo‘mita raisi.
1980 y. - Moskva shaxridagi kristallarning o‘sishi haqida VI halqaro konferentsiya qatnashchisi. O‘zbekistonning fan arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
1981-1985 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi elektronika institutida nomzodlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy kengash raisi.
1981 y. - Toshkent shaxridagi “kremniy-germaniy qotishmalarini qo‘llash va tadqiqot qilish” tashkiliy qo‘mitasi V muvofiqlashtiruvchi kengash raisi.
1981, 1983, 1985, 1987, 1989, 1991, 1993, 1997, 1999 yy. - I, II , III, IV, V, VI, VII, IX, X Xalqaro maslahat qo‘mitalari a’zosi va qatnashchisi. Deli, Madras, (Indiya) shahridagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi bo‘yicha xalqaro konferentsiya a’zosi va qatnashchisi.
1982 y.- Professor ilmiy unvoni bilan taqdirlangan.
1982-1988 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi FTIda doktorlik dissertatsiyalari bo‘yicha ilmiy kengashining rais o‘rinbosari.
1984 y. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigligiga saylandi. Emisson elektron tashkilot qo‘mitasi XIX konferentsiyasining raisi.
1985-1990 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fizika-matematika” fanlari bo‘limi akademik-kotibi.
1986-1992 yy. - “Uzgeliotexnika” Tarmoqlararo ilmiy-texnik markazi boshlig‘i.
1987 y. - Tashkent, Deli shsh. “Materiallar va elektron” III Xalqaro seminar tashkiliy qo‘mitasi raisi. Taniqli ijtimoiy faol Alfred Topfer taklifiga binoan Germaniya Federatsiyasiga safari delegatsiyasi rahbari.
1988 y. - “Quyosh texnologiyasi” bosh muharriri o‘rinbosari. Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahridagi “Ilm-fan va texnologiya” kunlari ishtirokchisi. Qarshi shaxridagi “Quyosh energiyasidan milliy iqtisodiyotda foydalanish borasida asosiy yo‘nalishlar va tajribalar” mavzusida konferentsiyasi tashkiliy qo‘mita raisi.
1989 y. - Toshkent shahridagi “Yarimo‘tkazgichlarda fotoelektrik hodisalar” mavzusidagi konferentsiyasining dasturiy qo‘mita raisi o‘rinbosari.
1989-1996 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi FTI da doktorlik dissertasiyalari himoyasi ilmiy kengash raisi.
1989 yildan hozirga qadar - “Quyosh texnologiyasi” bosh muharriri.
1990 y. - Urumchi shahridagi Sintszyan-Uygurskiy avtonomniy rayon (XXR FA filiali) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiya rahbari.
1991 y . - Toshkent shahrida “Kremniy-germaniy qotishmalarini qo‘llash va tadqiqot qilish” VIII muvofiqlashtirish yig‘ilishining tashkiliy qo‘mita raisi. Toshkent shahridagi “Quyosh energiyasidan milliy iqtisodiyotda foydalanish borasida asosiy yo‘nalishlar” mavzusidagi konferentsiyaning tashkiliy qo‘mita raisi. Toshkent Pekin shsh. “Quyosh muhandislik” bo‘yicha xalqaro seminar tashkiliy qo‘mita raisi.
1992 y. - Abu Rayxon Beruni nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Rossiya federatsiyasi Texnologik fanlar akademiyasining akademigi. Sankt-Peterburg shahridagi ”Quyosh energiyasidan foydalanish” bo‘yicha xalqaro kurslar qatnashchisi. Shinjon Uyg‘ur avtonom viloyati Urumchi shaxridagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi delegatsiyasi rahbari va “Quyosh muhandisligi” bo‘yicha II O‘zbekiston-Xitoy seminari ishtirokchisi. Dehli, Hindiston, shahridagi o‘tkazilgan “Fan va fotoelektrik hujayralar texnologiyasi” VI xalqaro konferensiyasi a’zosi.
1993 y. - Nukus shahridagi “Bir necha qatlamli, davriy yarimo‘tkazgichli tuzilmalar va qurilmalar” II Xalqaro ilmiy seminarning tashkiliy qo‘mita raisi. Hindiston, Dehli sh. “O‘zbekiston-Hindiston: tarixiy va madaniy aloqalar” seminar ishtirokchisi. Ingliz tilida “Quyosh texnologiyasi” jurnalini qayta chop etuvchi “Allerton Press Ink” nashriyoti taklifiga binoan AQShga safar.
1994 y. - Pakistan, Islamabad shahridagi Xalqaro “Quyosh energiyasi” bo‘yicha konferentsiyasida to‘rt taqdimotlar bilan ishtirok etgan. Toshkent sh. Osiyo-Tinch okeani jamiyati maktabida (APSAM-94) ilg‘or materiallar bo‘yicha ishtirok etgan. Toshkent sh. “Yangi materiallar va qurilmalar” xalqaro ilmiy konferentsiyasi ishtirokchisi va tashkiliy qo‘mita raisi o‘rinbosari.
1995, 1997, 1999 yy. - Pakistan, Islamabad shahridagi Xalqaro ilmiy qo‘mita a’zosi va “Ilg‘or materiallar” mavzusi bo‘yicha IV-VI Xalqaro simpozium ishtirokchisi.
1995 y. - Toshkent shahridagi “Ilg‘or materiallar va yangi texnologiyalar” mavzusi bo‘yicha Xalqaro konferentsiya ishtirokchisi. Toshkent shahri Dasturiy qo‘mita raisi va “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi zamonaviy muammolari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya ishtirokchisi.
1996 y. - Moskva shahrida: “Rivojlanish, madaniyat va atrof-muhit uchun qayta tiklanadigan energiya”; Pakistan, Islamabad shahrida: “Fazoviy o‘tishlar”; “Qayta tiklanadigan elektr manba’lari” bo‘yicha YuNESKO seminari; Toshkent shahrida: “Ilg‘or texnologiyalar” bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston seminari; Farg‘ona shahrida: “Uchish apparatlarini monitoringi” mavzusi bo‘yicha xalqaro seminari; Andijan shahrida: “Mikroelekronika va quyosh energiyasi uchun kremniy ishlab chiqarish muammolari” mavzusi bo‘yicha xalqaro konferentsiyalar ishtirokchisi.
1996 yildan hozirga qadar - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida “Qattiq fizika” mutaxassisligi mavzusida doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha ilmiy kengash raisi.
1997 y. - Urganch shahridagi “Kristallar o‘sishi” bo‘yicha I milliy konferentsiya tashkiliy qo‘mita raisi. Toshkent shahridagi “Yarimo‘tkazgichli asboblar fizikasi drozarb muammolar” mavzusi bo‘yicha halqaro anjuman ishtirokchisi. Toshkent shahri tashkiliy qo‘mita raisi va “Quyosh muhandisligi” bo‘yicha halqaro konferentsiyalar ishtirokchisi. Toshkent shahrida Dasturiy qo‘mita a’zosi va “Sintezda lazerlar, olmosni qayta ishlash va xususiyatlarini aniqlash” bo‘yicha xalqaro konferentsiyasi ishtirokchisi. Rayt nomidagi lobaratoriya semenarlarida ilmiy hisobot uchun AQShga, Deyton shahridagi Rayt-Patterson havo kuchlari bazasiga, Klivlend shahridagi Lyuis NASA nomidagi markazga va Sirakuz shahridagi Rim lobaratoriya havo kuchlariga safar.
1998 y. - Pakistan, Islamabad shahrida “Kremniy texnologiyalari” bo‘yicha AQSh-Pokiston simpozium ishtirokchisi. Toshkent shahrida “Fan yutuqlari va mikrotuzilmali qattiq va yumshoq moddalar texnologiyasi”; Namangan shahrida “Mikroelektronika va quyosh energiyasi uchun poli va monokristalli kremniy ishlab chiqazish muammolari” bo‘yicha xalqaro konferentsiyalar ishtirokchisi.
1999 y. - Toshkent shahrida “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi amaliy muammolar” bo‘yicha xalqaro konferentsiyasi ishtirokchisi va dasturiy qo‘mita raisi o‘rinbosari. Toshkent shahrida “Oziqlanish mintaqaviy muammolari” bo‘yicha xalqaro konferentsiya a’zosi.
2000 y. - Urganch shahrida “Kristallarning o‘sishi” mavzusidagi II milliy konferentsiya tashkiliy qo‘mita raisi.
Саидов М.С. - автор или соавтор двух монографий, двух монографических сборников, более чем 390 статей и 65 изобретений по вопросам молекулярно-статистической теории растворов, физики и техники полупроводниковых материалов (кремний, германий, алмаз, твердые растворы кремний-германий, карбид кремния, арсенид и фосфид галлия, концентрированные и непрерывные полупроводниковые твердые растворы химических соединений), приборов (светодиоды, фотоприемники, солнечные и тепловольтаические элементы). Подготовил 8 доктора и 27 кандидатов наук. Свободно владея английским языком, участвовал во многих международных конференциях с докладами, представлял и пропагандировал достижения физики в Узбекистане. Текущие научные интересы охватывают вопросы физики и технологии новых материалов, полупроводниковых приборных структур, солнечных и теяловольтаических элементов.
Изобретения