O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining tashabbusi bilan Toshkent shahar mehnat jamoalarida xizmat qilayotgan ishchi-xodimlar o‘rtasida «Sport — salomatlik garovi» shiori ostida  sportning 6 turi — shaxmat, shashka, suzish, badminton, stol tennisi va voleybol bo‘yicha spartakiada tashkil etildi.

Ushbu musabaqalarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilotlar ishchi xodimlari ham munosib qatnashib diplom va estalik sovg‘alarini qo‘lga kiritdi.

Hakamlarning qaroriga binoan shaxmat bo‘yicha 1-o‘rin Chori Sherdanov (Astronomiya instituti),  2- o‘rin Igor Bokun (“Ijtimoiy fikr” markazi), stol tennisi bo‘yicha 3-o‘rin Nosirov Isroil (Materialshunoslik institutidan), shashka bo‘yicha 2-o‘rin Mirzaev Baxodir (Yadro fizikasi instituti), 3-o‘rin Abduraxmonov Ozodbek (O‘simlik va xayvonot olami genofondi instituti) shohsupaning yuqori pog‘onalariga ko‘tarildilar.

Shuningdek Shermatov Javoxir (Materialshunoslik instituti) «G‘alabaga bo‘lgan ishonchi uchun», To‘xtasheva Risola (O‘simlik moddalari kimyosi instituti) «Eng yosh ishtirokchi» kabi nominatsiyalarni qo‘lga kiritib tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

22.03.2017     23543