2017-yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2789-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix institutini Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida:

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;

O‘zbekiston Milliy universiteti Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob ob’ektlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi instituti;

Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.O‘razboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti;

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi A.R.Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi negizida A.R.Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;

Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent bo‘limi negizida Y.G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti;

A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti;

A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi negizida A.Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi tashkil etildi.

Shuningdek ushbu qarorga asosan Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi faoliyati tugatilayotgan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etildi.

http://www.academy.uz/uz/news/view/177

07.04.2017     23640