Tug'ilgan sana: | 15-08-1935 |
Tug'ilgan joyi: | Samarqand |
Ta'lim: | N.E Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurti |
Yo'nalish: | Matematika, Fizika, Mexanika |
Mutaxasisligi: | Qurilmalar va materiallar Asbobsozlik texnologiyasi |
Mukofatlar: |
Telman Dadayevich Radjabov 1935 yilning 15 avgustida Samarqand shahrida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
Otasi - D.A.Radjabov 20-30 yillarning ziyoli muallimi bo‘lgan. Samarkand shahridagi O‘zbekiston Davlat universitetining birinchi prorektori bo‘lgan. D.A.Radjabov 1942-1945 yillarda Moskvadagi qizil professorlar institutning kechki bo‘limida tahsil olgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng D.A.Radjabov 25 yil Toshkent Oliy partiya maktabida o‘quv ishlar prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Onasi - F.X. Yakubova, 17 yil texnikumda direktorlik qilish bilan birga Moskva Davlat universitetining aspiranturasida tahsil olgan va 1935 yil nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shuningdek, Toshkent pedegogika institutida ko‘p yillar kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
1953 yil maktabni oltin medalga tamomlagan T.D.Radjabov E.Baumana nomidagi Moskva Oliy texnika o‘quv yurtiga (hozirgi Moskva Davlat texnika universiteti) o‘qishga kirdi. O‘qishni tamomlagan T.D.Radjabov 1959 yil vatani Toshkenga yo‘llanma bilan qaytdi va mashhur fizik olim U.A.Arifov raxbarligida o‘zining ilmiy faoliyatini boshladi. Shuningdek, O‘zbekiston fanlar akademiyasining yadro fizika institutida ishlay boshladi.
Yangi elementar fizika qismini o‘zlashtirdi va yangi zarrachalarni tezlashtirgich - U-150 siklotronni yaratish masalalari bilan faol shug‘ullandi.
Yangi texnikani o‘rganish maqsadda T.D.Radjabov akademik G.Flerov raxbarlik qilayotgan I. Kurchatova nomidagi atom energiya institutiga tajriba alashishga yuborildi. Shu davrdan boshlab T.D.Radjabov vakuum texnikasi va vakuum fizikasi masalalariga qiziqdi va katta elektrofizik qurilmalarda yuqori vakuumni olish bo‘yicha kengaytirilgan referat yozdi, vakuumli texnika Instituti aspiranturasining kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirdi, bunda uning rahbari vakuumlar fanining yaratuvchisi va elektron sanoat vazirligi tizimidagi vakuumli texnikani ishlab chiqarish asoschisi Sotsialistik mehnat qahramoni, Akademik S.A.Vekshinskiy bo‘ldi. Aspiranturada o‘qib yurgan davrida, o‘ta yuqori va yuqori vakuum bilan bog‘liq muammolarni o‘rgandi. 1966 yilda A.Vekshinskiy va G.F.Ivanovlar rahbarligida T.D.Radjabov tomonidan tayyorlangan Moskva fizika-texnika institutida texnik fanlari nomzodi darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qildi. Nomzodlik dissertatsiya ishi shu institutning professor B.M.TSarev rahbarligidagi yetakchi elektronika kafedrasi tomonidan taqdim qilingan. Dissertatsiya ishining mavzusi «Issledovaniye protsessov sorbtsii inertnix gazov titanov» hamda unda ionli va getterno- ionli tortish va yuborish ishlari bilan bog‘liq muammolar o‘rganilgan. G.F. Ivanovskiy bo‘limida getterno-ion nasosi “GIN-0.5” ishlab chiqilgan, ishlash xarakteristikasi (yakuniy vakuum 90-10, so‘rilish tezligi 500 l/s, yog‘siz kiritish, yuqori bosimda kiritish, davom ettirishdagi xizmat vaqti va boshqalar). Tadqiqotlar jarayonida u takomillashtirildi, magnit maydon bilan to‘ldirildi, buning natijasida inert gaz bo‘yicha so‘rilish tezligi seziarli ortdi. Leyptsigdagi xalqaro ko‘rgazmada bu nasos eng yaxshi ishlanmaga mukofotini oldi. Shu bilan bir qatorda oldin J. Karter (Angliya, Selford Universiteti) tomonidan nazariy asoslangan bir vaqtdagi ionli kiritish va qatlamlarni o‘tqazish bo‘yicha eksperimental natijalar birinchi marta olindi va keyin keng tan olindi. Eksperimentlarning borishida T.D. Radjabov J. Karter tavsiflagan jarayonning asosiy tenglamasini chiqardi va buning uchun mualliflik guvohnomasini olddi.
1966 yilda T.D.Radjabov Toshkentga qaytdi va Yadro fizikasi institutida ishladi, keyin esa akademik U.A. Arifov boshqargan Fizika-texnika instituti elektronika bo‘limiga o‘tdi. Bu davrda U.A.Arifov Elektronika institutida elektronika bo‘limini qayta tashkil etish bo‘yicha katta ishlarni o‘tkazdi, bunda T.D.Radjabov bo‘lajak binoni loyihalashtirish bilan eng faol qatnashdi
1968 yilda elektronika bo‘limi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Elektronika institutiga o‘zgartirildi, bunda T.D. Radjabov fizik tahlil qilish usullari laboratoriyasining laboratoriya mudiri bo‘lish bilan fizik elektronika, xususan, zaryadlangan zarralar bilan yupqa qatlamlar bilan o‘zaro ta’sirlashish muammolari bilan, yupqa metall qatlamlar orqali musbat ishqorli ionlarni kirishi jarayonlarini o‘rganish bilan, ikkilamchi ionli emissiya, inert gazlar ionlarining shisha sirtlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi qattiq jismlarni ionli bombardimon qilishda sorbtsiya va desorbtsiya muammolari bilan aktiv shug‘ullana boshladi.
Qunt bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari 1974 yilda "Fan" nashriyotida chiqarilgan “Zaryadlangan zaralarning qattiq jismlarning sirtlari bilan o‘zaro ta’sirlashishidagi sorbtsion jarayonlar” monografiyasiga asos bo‘ldi. Shu bilan bir qatorda T.D.Radjabov U.A. Arifov rahbarligi ostida Toshken¬t politexnika institutida fizik elektronika kafedrasini yaratilishida faol qatnashishni davom ettirdi, bu yerda u talabalarga gaz razryadi fizikasi, vakuumli texnika, mikroelektronikaning fizik asoslari, plazma fizikasi va boshqa fanlardan saboq berdi, dastlab oy sirtini o‘rganish muammolari va kosmik tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan akademik Barmin tashkiloti filiali sifatida asos solingan umumiy mashinasozlik Konstruktorlik byurosini Toshkentda ochilishiga yordam berdi. Bu davrda Toshkentda emission va fizik elektronika bo‘yicha qator yirik xalqaro va butunittifoq konferentsiyalari o‘tkazildi, ularning borishida Moskva, Leningrad, Kiyev, Novosibirsk va boshqa shaharlarning yetakchi ilmiy markazlari bilan uzviy aloqalar o‘rnatildi. T.D.Radjabov bu mavzu bo‘yicha ma’ruzalar bilan qatnashish uchun Angliya, Germaniya, Bolgariya va boshqa davlatlarga bordi.
T.D. Radjabov boshchiligidagi laboratoriya xodimlari akademik, ishlab chiqarish va tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda katta hajmdagi ilmiy izlanishlarni olib borishni boshlashdi, jumladan, yopiq hajmlarda hayot faoliyatini ta’minlash tizimlarini yaratish bo‘yicha IChB “Energiya” bilan hamkorlikda ishlash asoslari tashkil etilgan. Mazkur yo‘nalishda V.I. Serebryakov, A.P. Pshenichkov L.A.Vayman va boshqa olimlar bilan hamkorlikda amaliy muxim natijalar olingan, jumladan, katalitik qoplamalarni suritish hisobiga past temperaturalarda gazli va suyuq qorishmalar palladiyli membranalarni suv o‘tkauvchanligini oshirishni yangi printsipial texnologiyasi ishlab chiqilgan. Vodorod separatorlari seriyasi ishlab chiqilgan va keyinchalik ular sinovlarni muvaffaqiyatli tugatdi va hayot faoliyatini ta’minlash tizimlarida foydalanish maslaxati berildi.
D. Mendeleyev nomli ximiya instituti (L.Ya. Alimov, I. Djamaletdinov) bilan hamkorlikda poliviniltrimetilsilan asosida ion implantatsiyasi hisobiga gaz qorishmalarini uglerod okisidan selektiv tozalash membranalari ishlab chiqilgan. Mazkur ish keyinchalik 90-yillarda qishloq xo‘jalik maxsulotlarini saqlash texnologiyasi va qurilmalarini ishlab chiqish ko‘rinishida o‘z davomini topib, O‘zbekiston Respublikasi ITDK tomonidan amaliy foydalanishga tavsiya qilingan.
Tibbiy-bioloigiya instituti bilan hamkorlikda kosmik tadqiqotlar amalga oshirilgan, ularning natijasida (T.Ya. Ryabova bilan hamkorlikda) toklarni kamaytirish va kosmik kemalar va yo‘ldoshlarning elektrostatik aktiv himoyasi uchun kuchlanishni ko‘paytirish usullari ishlab chiqilgan.
Kam uchraydigan metallarni implantatsiya qilish va ion qayta ishlashda katalitik xususiyatlar muammosi bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy izlanishlar (L.F. Lifanova) natijasida ion bombardimoni yordamida samariy, neodim va shunga o‘xshash metallarning kichik hajmdagi kontsentratsiyasini kiritilishi yuzani katalitik aktivligini tezda oshiradi, ayniqsa suv parlarini parchalashini tezlashtiradi.
Elektronika ishlab chiqarish vazirligi (G.F. Ivanovskiy, A.I. Pipko, I.Ya. Pliskovskiy va boshqalar) buyurtmasi asosida bir qator ishlar amalga oshirilgan, bulardan, elektrovakkum asboblarida ishlatiladigan material va qismlarni dastlabki samarali qayta ishlash hisobiga gazrazryadli asboblar va magnitronlarni ishlash muddatini oshirish. Sirkoniy va uning asosidagi qorishmalarini tarkibidagi gazlarni kamaytirish masalalari yuzasidan “Zvezda” zavodi bilan (Moskva viloyati) hamkorlikda tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Ularni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun original qurilmalar, asboblar va stendlar (energoanalizatorlar, ion manbalari, mass-spektrometrik stendlar va boshqalar) ishlab chiqarilgan.
Ukraina mutaxassislari bilan hamkorlik juda sermaxsul bo‘lgan, jumladan, Donetsk davlat universiteti (A.I. Bajin, V.G. Labzin, V. Buravlev va boshqalar) korroziyaga qarshi qoplamalarni va maxsus ion manbalarini va usullarini ishlab chiqarish bo‘yicha turli ishlar amalga oshirildi.
Yuqorida keltirilgan ishlar bilan birgalikda Respublika uchun juda muxim bo‘lgan gaz va neft qurilmalarini (SredNIIgaz, U.D.Mamadjanov, V.S.Yaxshiyev va boshqalar) himoya qilish tadqiqotlari amalga oshirilgan.
Metallarni an’anaviy texnologiyasi o‘rniga konstruktsion metellarni ionli azotlash texnologiyasi taklif etilgan. Ushbu o‘zgarish azotlash jarayonini 5-7 martta tezlashtirish imkonini berdi, azotlangan qatlamni 0.5 mmgacha oshirish va himoya qatlami samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Gaz va neft qurilmalarini qayta ishlash uchun yarim sanoat tajriba qurilmasi yaratilgan, Muborak va Gazli gaz konlarida amaliy sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Tajribaviy tadqiqotlar bilan birgalikda T.D. Radjabov qattiq jismlarni zaryadlangan zarralar bilan o‘zaro ta’sirlarini tadqiq etishning nazariy tadqiqotlariga katta e’tibor ko‘rsatgan. Shu payt laboratoriyada Z.A. Iskanderova boshchiligida nazariyachi olimlar guruhi tashkil topdi. Guruhning birinchi ishlaridan birida bir vaqtning o‘zida ion bambardimoni va changlatish jarayonlarini amalga oshirish imkonini tadqiq etgan. O‘tgan asrning 60 - yillarida mazkur jarayonini tadqiq etish bilan Selford universiteti professori Dj. Karter ham shug‘illangan, biroq, shu paytda yetarlicha eksperemental va nazariy natijalarning kam bo‘lganligi sababli jarayonni to‘liq kechishi mexanizmini tavsiflash imkonini bermadi.
Keyinchalik amalga oshirilgan tadqiqot ishlari natijasida bir vaqtning o‘zida vakuum o‘tkazish va ionli kiritsh jarayonini nazariy jixatdan to‘liq darajada tavsiflangan.
Hozirgi vaqtda bu jarayon ko‘plab texnologiyalarda ishlatiladi. Metallardagi inert gazlar diffuziyasini kuchaytirilgan ionli bombardimon qilish va teskari desorbtsiya jarayonlari keng tadqiq qilingan. Olingan natijalar va ularning har bir aniq qo‘llanilishini umumlashtirish T.D. Radjabovning doktorlik dissertatsiyasi asosi bo‘ldi. U doktorlik dissertatsiyasini 1979 yilda I.V. Kurchatov nomidagi Atom energiyasi institutidagi himoyalar bo‘yicha Maxsuslashtirilgan Kengashda muvaffaqiyatli himoya qildi, o‘sha vaqtda uni boshqargan akademik Ye.P.Velixo¬v olingan natijalarga yuqori baho berdi.
Doktorlik dissertatsiyasini himoyalaganidan keyin T.D.Radjabov ilmiy tadqiqotlar natijalaridan amaliy foydalanish va laboratorining ishlab chiqarish bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarga katta e’tibor berdi. 1986 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumining qaroriga muvofiq T.D.Radjabov O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Markaziy ilmiy asbobsozlik loyiha-konstruktorlik texnologik byurosi (keyingi “Akademasbob” IIChB) direktori etib tayinlangan. Bu davrdan boshlab u Fanlar Akademiyasi tizimida va butun respublikada ilmiy asbobozlikni rivojlantirish bo‘yicha katta ishlarga boshchilik qildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi qoshida asbobsozlik bo‘yicha ilmiy Kengash tashkil etildi, uning doirasida respublikada ilmiy asbobozlik bo‘yicha yillik ilmiy konferetsiyalar o‘tkazildi, sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi qoshidagi ilmiy asbobsozlik Kengashi va Leningraddagi (hozirgi Sankt-Peterburg) analitik asbobsozlik bo‘yicha bosh birlashma bilan uzviy aloqalar o‘rnatila boshlandi. O‘sha davrda T.D.Radjabov sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi qoshidagi metrologiya, standar¬tlashtirish va ilmiy asbobsozlik bo‘yicha ilmiy kengashlarning a’zosi bo‘lib qoldi.
O‘zR FAsining MLKTBda elektron-ionli texnologiya bo‘limini tashkil etish bilan T.D.Radjabov (A.Sharudo bilan birga) turli materiallar va qoplamlarning mikroqattiqligi, yeyilishga barqarorligi, kavitatsion, korroziyaga, antifriktsion barqarorligi va boshqalar kabi ularning xususiyatlarini o‘zgarishiga alohida e’tibor berish bilan implantatsiya jarayonlari amaliy ishlatilishi - turli materiallar va qoplamlar sirtlarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini modifikatsiyalash masalalari aktiv shug‘ullana boshladi. Ham kimyoviy aktiv, ham inert gazlar bilan ionli implantatsiyalash nafaqat yuqorida ko‘ratilgan xususiyatlarni, balki qattiq jismlar va qatlamlarning elektr, optik, sorbtsion va boshqa xarakteristikalarini sezilarli o‘zgartirishi mumkinligi o‘rnatildi. O‘zR FAsining MLKTBda qattiq jismlar va yupqa qatlamlarni ionli bombardimon qilish orqali modifikatsiyalash bo‘yicha maxsus qurilmalar yaratila boshlandi (A.I.Kamardin bilan birga), bunda himoyalash qoplamalari bilan bir qatorda deyarli istalgan materialda (metall, plastmassa, shisha, keramika va h.k.) dekorativ qoplamalarni olinishi asl texnologiyasi ishlab chiqildi.
P.K.Xabibullayevning taklifi bo‘yicha kosmanavt V.A.Jonibekovning tashrifidan keyin O‘zR FAsining MLKTBda sabzavot va mevalarni vakuumli sublimatsion quritish, biologik preparatlarni liofil quritish bo‘yicha ishlar boshlandi (A.K. Qobilov bilan), keyinchalik Butun ittifok paxtachilik ilmiy tadqiqot institutiga (SoyuzNIXI) uzatilgan sublimatsion quritkich bo‘yicha yarim mshlab chiqarish qurilmasi ishlab chiqilgan va yaratilgan.
Ionli implantatsiyalash hisobiga turli materiallarning xususiyatlarini modifikatsiyalash kompleks tadqiqotlari natijalari 1991 va 1993 yillarda chiqqan ikkita monografiyalarda umumlashtirilgan. Ulardan birinchisi - qoplamalarni modifikatsiyalash masalalariga bag‘ishlangan “Ionli nurlanish ta’siri ostida yupqa metall qatlamlar va qoplamalar xususiyatlari modifikatsiyalash” Blagoveshenskdan olimlar bilan hammualliflikda yozilgan va Vladivostok shahridagi sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasining Uzoq Sharq bo‘limida nashr qilingan. Unda bir vaqtda inert gazlari ionlari bilan nurlantiriladigan kondensatsiyalash usuli orqali olinadigan yupqa qatlamlar va qoplamalarni nazariy va eksperimental tadqiqotlari natijalari, tuzilmaviy va fazaviy o‘zgarishlar bayon etilgan, issiqlikni ajralishi va implantlangan inert gazlarni suqulib kirishi nazariyasining alohida jihatlari yoritilgan, materiallarning diffuzion xossalariga inert gazning ta’sirini tavsiflaydigan modellar ko‘rib chiqilgan. Ikkinchi monografiya - “Ionli nurlanishli materiallar va qoplamalar sirtlarining xususiyatlarini modifikatsiyalash” "Fan" nashriyotida bosilgan, unda materiallar va qoplamalar sirtlarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini ionli implan-tatsiyalash, ionli aralashtirish va ionli bombardimon qilish bilan kombinatsiyalangan o‘tqazish usullari yordamida modiikatsiyalash masalalari yoritilgan, shuningdek materiallar va qoplamalarning qattiqligi, mustahkamligi, yeyilishga va korroziyaga barcharorligini, shuning boshqa xarakteristikalarini yaxshilash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Katta tashkiliy va ishlab chiqarish faoliyati o‘sha davrda O‘zR FAsining MLKTBda N-716 grafik quruvchidan boshlab to Ctirling dvigateli bilan kombinatsiyalangan kompleks quyosh qurilmasigacha zarur ilmiy asboblar turkumini ishlab chiqish va tayyorlashga imkon berdi, kompleks quyosh qurilmasi keyinchalik Bxavnagar shahiridagi (Hindiston) Dengiz tadqiqotlari insttutiga yetkazilgan. Asbobsozlikdagi yutuqlar ishlarni keyingi kengaytirishga rejalarni belgilab olishga imkon berdi va sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi qarori bo‘yicha 1989 yilda O‘zR FAsining MLKTB qoshida Yangibozor tumanida ilmiy asbobsozlik bo‘yicha maxsus zovodning qurilishi rejalashtirilgan edi, lekin Ittifoqning tarqab ketishi tufayli bu loyiha amalga oshirilmadi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tizimida ishlash bilan T.D.Radjabov Toshkents politexnika institutining fizika elekronika kafedrasi bilan aloqani uzmadi. U talabalarni diplom ishlariga, aspirantlarning ilmiy mavzulariga rahbarlik qildi, “Fizik materialshunoslik asoslari”, “O‘lchovlar natijalariga ishlov berish”, mikroelektronikaning fizik asoslari” va boshqa fanlardan ma’ruzalarni o‘qidi.
Ko‘p yillar davomida T.D.Radjabov DAK raisi va "Radioelektronika i avtomatika" fakulteti qoshidagi maxsuslashtirilgan Kengash a’zosi hisoblandi. Bularning barchasi 1992 yilda u Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga Rektor bo‘lib tayinlanganida yordam berdi. Bu lavozimda T.D.Radjabov kadrlar tayyorlash tizimini keyingi rivojlantirish bo‘yicha ishlarni faol olib bora boshladi, respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin esa soha oldida turgan yangi vazifalar miqyosida o‘quv dasturlari va rejalarini qayta tashkil etish bilan shug‘ullandi. Uning rahbarligi ostida informatika va aloqa mutaxassislarini tayyorlashko‘p darajali uzluksiz tizimi asosida o‘qitishni qayta tashkil etish, institut xodimlarini shartnoma bo‘yicha ishlash tizimiga o‘tkazish, yangi mutaxassisliklarni ochish, zamonaviy talablarda alohida kafedralar va fakultetlarni qayta nomlash va institutga informatika va aloqa universiteti maqomini berilishi bo‘yicha katta tayyorgarlik ishlari o‘tkazildi.
TEAI respublikada birinchilardan bo‘lib testli uslub bo‘yicha qabul qilish imtihonlarini o‘tkazishni boshladi, talabalarning o‘zlashtirishini baholashning reyting tizimi va joriy testlashni kiritdi. TEAIda respublikada birinchi marta milliy armiya uchun ofitserlar-aloqachilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus fakultet ochildi. T.D.Radjabov tomonidan o‘tkazilgan katta tashkiliy ishlar tufayli 1994 yilda institutda Yevropa Ittifoqi Qo‘mitasining moliyaviy qo‘llab-quvvatlashida Xalqaro Markaziy Osiyo o‘quv markazi ochildi. 1993 yilda TEAIda yana kunduzgi va sirtqi aspirantura ishlay boshladi, nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish bo‘yicha Maxsuslashtirilgan Kengash ishlay boshladi, ilmiy-tadqiqotlar sektori o‘z ishini kuchaytirdi.
TEAIdagi radioqabullash qurilmalari kafedrasini boshqarish bilan T.D.Radjabov istiqbolli radiokomponentlar bo‘yicha ma’ruzalarni o‘qishni va optik tolali kuchaytirgichlar, optik testerni ishlab chiqish va marketing va menejment bo‘yicha o‘quv dasturlari va rejalarini bo‘yicha qator shartnomlarga bog‘liq bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bora boshladi. 1994 yilda "O‘zbekiston" nashriyatiga "Qatlam mikroelektronikasining fizik asoslari" qo‘llanmasi topshirildi, unda mikroelektronikaning fizik asoslari bo‘ycha ma’ruzalar bayon etilgan.
T.D.Radjabov keng xalqaro aloqalarga ega, u bir necha marta Angliya, Avstriya, Bolgariya, Hindiston, Italiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarga ma’ruzalar o‘qish uchun bordi, shuningdek Germaniya, Gollandiya, Yaponiya va boshqa davlatlardagi ko‘plab xalqaro konferentsiyalarda qatnashdi, Kanada, AQSh, Belgiya va boshqa davlatlar olimlar bilan uzviy ilmiy aloqaga ega.
Uzoq chet davlatlar bilan qatorda u MDH davlatlari (Rossiya, Ukraina, Belarussiya va h.k.) olimlari bilan uzviy aloqani saqlab qolgan RF metrologik Kengashi (Sankt-Peter¬burg) va xalqaro konferentsiyalar va simpoziumlar dasturiy qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
T.D.Radjabov O‘zR Aloqa Vazirligi Kengashi a’zosi, O‘zR OAK ekspertlik Kengashi a’zosi, O‘zR DF va TQ Kengashi raisi, ToshDTU qoshidagi ixtisoslashgan Kengash raisi hisoblanishi bilan katta ilmiy-tashkiliy ishlarni o‘tkazdi, "Vakuum" (Angliya) va "Vakuum fan va texnologiya" (AQSh, Rossiya) xalqaro jurnallari tahririyatlari a’zosi sifatida, shuningdek “O‘zbekiston fizik jurnali” va O‘zbekiston “Informatika va energetika muammolari” jurnali tahririyati a’zosi sifatida katta tahrirlik ishini o‘tkazdi. Bundan tashqari, u "Akademasbob" IIChB ionli ta’sir va ionli-elektron texnologiyalar fizikasi bo‘limining iliy rahbari hisoblandi.
T.D. Radjabov tomonidan 550 tadan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 50 tadan ortiq mualliflik guvohnomalari va patentlari e’lon qilingan.
Hozirgi vaqtda Radjabov T.D. MAT kafedrsining professori sifatida ishlamoqda va korxonalar va vazirliklarning buyurtmalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazmoqda, yiliga 3-5 ta magistrlar va bakalavrlarni tayyorlamoqda va izlanuvchilar va tadqiqotchilar dissertatsiya ishlariga rahbarlik qilmoqda. O‘zR ionli-plazmali va lazer texnologiyalari Instituti qoshidagi ilmiy asbobsozlik MKBda ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishidagi qator ishlarni o‘tkazmoqda.
Patentlar
Способ предпосевной обработки семян хлопчатника // 1836890
Изобретение относится к области сельского хозяйства и может быть использовано для обработки семян перед посевом для увеличения энергии прорастания семян хлопчатника и уменьшения сроков созревания .
Способ подготовки металлических поверхностей // 1818357
Способ получения корма для тутового шелкопряда // 1713530
Изобретение относится к сельскому хозяйству, в частности к шелководству, и может быть использовано для получения корма д/^я тутового шелкопряда.
Способ очистки ртутьсодержащих газов от паров ртути // 1698306
Изобретение относится к цветной металлургии и может быть использовано при производстве ртути из руд и концентратов.
Способ поверхностной обработки изделий из медных сплавов // 1638205
Изобретение относится к металлургии , в частности к химико-термической обработке с использованием источников высококонцентрированной энергии, а именно ионной имплантации, и может быть использовано в машиностроение для поверхностного упрочнения деталей машин, изготовленных из медных сплавов.
Способ модификации полимерной мембраны из поливинилтриметилсилана // 1597207
Изобретение относится к мембранной технологии и может быть использовано в химической промышленности. .
Способ модификации асимметричной газоразделительной мембраны // 1457950
Изобретение относится к технологии получения газоразделительных мембран, а именно к способам модификации асимметричных мембран на основе кремнийорганических полимеров, и может быть использовано для разделения водородно-кислородной смеси при радиолизе воды в медицине.
Способ диагностики нарушения целостности тонкой кишки при закрытой травме живота // 1161086
Способ обработки электродов высоковольтных вакуумных промежутков // 721864
Газообразная среда для ионного азотирования стальных деталей // 720049
Способ пассивации поверхности нержавеющей стали // 638636
Способ получения многослойных структур // 471631